Anons

Sandra Ivan va Andriyash Yas konserti

E’lon qilingan sana· 52
Sandra Ivan va Andriyash Yas konserti

“O‘zbekiston” xalqaro anjumanlar saroyining ochiq maydonida Xalqaro jaz festivali doirasida Sandra Ivan va Andriyash Yasning konserti bo’lib o’tadi.

Duetning hamkorligi 2013-yilda boshlangan. Sandra Ivan — pianinochi, xonanda va qo‘shiqlar muallifi. Andriyash Jas mohir saksofon ustasi, Vengriyadagi eng talabgor sozandalardan biridir. Uning repertuarida turfa musiqiy uslublar — fank, jaz, blyuz va soul mavjud.

Maftunkor juftlikning “I Heart Swing” mushtarak albomi 2019-yilda muxlislar e’tiboriga havola qilinib, u Vengriyaning barcha janrlar bo‘yicha “iTunes Top-200” sara to‘plamlarida nufuzli 4-o‘rinni egallagan.

Kirish bepul.

Tashkilotchi: Vengriya elchixonasi ko‘magida O‘zbekiston madaniyati va san’atini rivojlantirish jamg‘armasi.

    Afisha.uz saytidagi ma‘lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tarqatish va boshqa maqsadlarda foydalanish faqat tahririyatning yozma ruxsati bilan mumkin. Foydalanuvchi kelishuvi
    Elektron OAV guvohnomasi №0400. Berilgan sanasi 13-avgust 2019-yil
    Muassis: «Afisha Media» MChJ
    Bosh muharrir: Sapayeva Galina Vyacheslavovna
    Manzil: 100007, Toshkent, Parkent ko‘chasi, 26А / Pochta: info@afisha.uz
    © 2005-2024 Afisha.uz
    «Afisha Media» MChJ