Anons

O'zbekistonlik san'atkorlar konserti

E’lon qilingan sana· 200
O'zbekistonlik san'atkorlar konserti

“O‘zbekiston” xalqaro anjumanlar saroyining ochiq maydonida Xalqaro jaz festivali doirasida Sabina Mustayeva ijrosi va Mansur Toshmatov rahbarligidagi O‘zbekiston davlat filarmoniyasi jaz orkestrining konsert dasturi bo’lib o’tadi.

Oʻzbekiston Respublikasi xalq artisti Mansur Toshmatov boshchiligidagi Oʻzbekiston davlat filarmoniyasining jaz orkestri 2000-yilda tashkil etilgan. Bugungi kunda orkestr qoyilmaqom etib ijro etuvchi taronalari orasida ham Glen Miller, Dyuk Ellington, Kuinsi Jons asarlari, ham o‘zbek bastakorlari Ikrom Akbarov, Enmark Salihov bastalagan kuylar, shuningdek, xalq qo‘shiqlarining etno-jaz sayqalmalari o‘rin olgan.

Sabina Mustayeva yosh ijrochi va qo‘shiqlar muallifi. U turli ijodiy loyihalar va festivallardagi ishtiroki bilan jamoatchilikka yaxshi tanish.

Kirish bepul.

Tashkilotchi: O‘zbekiston madaniyati va san’atini rivojlantirish jamg‘armasi.

    Afisha.uz saytidagi ma‘lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tarqatish va boshqa maqsadlarda foydalanish faqat tahririyatning yozma ruxsati bilan mumkin. Foydalanuvchi kelishuvi
    Elektron OAV guvohnomasi №0400. Berilgan sanasi 13-avgust 2019-yil
    Muassis: «Afisha Media» MChJ
    Bosh muharrir: Sapayeva Galina Vyacheslavovna
    Manzil: 100007, Toshkent, Parkent ko‘chasi, 26А / Pochta: info@afisha.uz
    © 2005-2024 Afisha.uz
    «Afisha Media» MChJ