Anons

Chayna Mozes konserti

E’lon qilingan sana· 83
Chayna Mozes konserti

“O‘zbekiston” xalqaro anjumanlar saroyining ochiq maydonida Xalqaro jaz festivali doirasida taniqli amerikalik jaz ijrochisi maftunkor Chayna Mozes xonimning konserti bo‘lib o‘tadi.

Chayna Mozes bolaligidan musiqa bilan oshno bo‘lib, 16 yoshidayoq o‘zining ilk yakka qo‘shig‘ini tasmaga tushirgan. Uning “China”, “On Tourne en Rond” hamda “Good Lovin'” kuylari fransuz R&B san’atkorlari taqlid qilishlari uchun namuna vazifasini o‘tagan.

Musiqaga bo‘lgan cheksiz muhabbati bilan baham ko‘rishish ilinjida Chayna xonim Fransiyaning MCM va MTV France musiqiy kanallari dasturlariga boshlovchilik qiladi. 2011-yilning oktabridan boshlab esa har kuni “Jazz Radio"sida “Made in China” nomli mualliflik dasturini olib boradi.

Kirish bepul.

Tashkilotchi: O‘zbekiston madaniyati va san’atini rivojlantirish jamg‘armasi.

    Afisha.uz saytidagi ma‘lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tarqatish va boshqa maqsadlarda foydalanish faqat tahririyatning yozma ruxsati bilan mumkin. Foydalanuvchi kelishuvi
    Elektron OAV guvohnomasi №0400. Berilgan sanasi 13-avgust 2019-yil
    Muassis: «Afisha Media» MChJ
    Bosh muharrir: Sapayeva Galina Vyacheslavovna
    Manzil: 100007, Toshkent, Parkent ko‘chasi, 26А / Pochta: info@afisha.uz
    © 2005-2024 Afisha.uz
    «Afisha Media» MChJ