Anons

Sundanese Ethnic Jazz guruhining konserti

E’lon qilingan sana· 141
Sundanese Ethnic Jazz guruhining konserti

«O‘zbekiston» xalqaro anjumanlar saroyining ochiq maydonida Xalqaro jaz festivali dasturi doirasida «Sundanese Ethnic Jazz» guruhi chiqish qiladi.

Sundanliklar Indoneziyadagi mahalliy etnik guruhlardan biridir. Guruhning olti nafar sozandasi gitara, bas-gitara, saksafon, bambukli nay hamda sundan barabani bo‘lmish «kendang» yordamida etnik cholg‘u asboblarning zamonaviy jaz musiqasi bilan betakror uyg‘unligini taqdim etadilar. Jarangdor ovoz sohibi jaz ruhida did bilan sayqallangan sundan qo‘shiq va ohanglari o‘ziga xos uslub va xonishda tarannnum etilgan «chengkok» kuyini ijro etadi.

Kirish bepul.

Tashkilotchi: Indoneziya elchixonasi bilan hamkorlikda O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Jadval