Anons

Ravshan Zokirov konserti

E’lon qilingan sana· 2 293
Ravshan Zokirov konserti

O‘zbekiston davlat konservatoriyasining katta zalida Botir Zokirov nomidagi milliy estrada simfonik orkestri ishtirokida Ravshan Zokirovning yakkaxon konserti bo‘lib o‘tadi.

Ravshan Zokirov mashhur Zokirovlarning ikkinchi avlod xonandalar sulolasi vakili. Xalqaro tanlovlar laureati: «Aziya dausi» — 1994-yil Olma-Otada, «Sharq bozori» — 2003-yil Simferopol. 2016−2021-yillarda O‘zbekiston Davlat Filarmoniyasida kamera, yirik simfonik va estrada simfonik orkestrlari ishtirokida bir qancha yakkaxon konsert dasturlarini o‘tkazdi. Xonandaning ijodiy roli estrada vokalining an’anaviy asoslariga qaratilgan.

Konsert dasturida Luchano Pavarotti, Andrea Bochelli, Roy Orbison, Lara Fabian, Selin Dion va boshqalarning repertuaridan mashhur xitlar ijro etiladi.

Konsertda Farrux Zokirov, Jenisbek Piyazov, Nargiza Zokirova, «Yalla» guruhi, A. Navoiy nomidagi Katta teatr solistlari — Malika Normatova, Umid Isroilov, Amina Babadjonova (balet), OFARIN tanlovi laureatlari va boshqalar ishtirok etishadi.

Chipta narxi: 30 000 so’mdan 120 000 so’mgacha.
Chiptalarni iticket.uz saytidan xarid qilish mumkin.

Jonli ijro.

Ma’lumot uchun telefonlar: (+998) 71−239−4653, (+998) 71−207−1071, (+998) 71−207−2072.