Anons

"Salom Sabanto'y" konserti

E‘lon qilindi· 331
"Salom Sabanto'y" konserti

O‘zbekiston davlat konservatoriyasining katta zalida “So‘g‘diyona” o‘zbek xalq cholg‘u asboblari kamer orkestrining “Salyam Sabanto’y” nomli konserti bo‘lib o‘tadi.

Konsert tatarlarning “Sabanto'y” milliy bayrami arafasida Toshkentda bo‘lib o‘tadi.

Dasturda O‘zbekiston Davlat filarmoniyasi solisti, Tatariston Respublikasi va Boshqirdiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist Feruza Xaldarova hamda maxsus mehmon — Tatariston Respublikasi, Boshqirdiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist Rustam Asaev (Tatariston) tomonidan xalq artisti ijrosida xalq qo‘shiqlari, tatar va boshqird musiqasi xazinasidan mashhur retro kompozitsiyalar yangraydi.

Chipta narxi: 50 000 so’mdan 200 000 so’mgacha.
Chiptalarni konservatoriyadan yoki iticket.uz saytidan xarid qilish mumkin.

Ma’lumot uchun telefonlar: (+998) 71−239−4653, (+998) 71−207−1071, (+998) 71−207−2072.