Anons

Simfonik Open Air konsert dasturi

E‘lon qilindi· 747
Simfonik Open Air konsert dasturi

Alisher Navoiy nomidagi akademik katta teatri oldidagi maydonda Milliy simfonik orkestri “Bulbulcha” yoshlar xori bilan birgalikda Open Air formatida “Italiya kuni"ga bag‘ishlangan konsert dasturini taqdim etadi.

Dasturga turli davr va yo‘nalishdagi simfonik asarlar kiritilgan: Juzeppe Verdi ariyalaridan tortib Ennio Morrikone va boshqalarning asarlarigacha. Taniqli italiyalik musiqachilar Lyudoviko Tronkanetti (piano) va Valentina Boi (soprano) solist sifatida chiqishadi.

Ludoviko Tronkanetti — italiyalik virtuoz pianinochi, Milan konservatoriyasining bitiruvchisi. U Evropa, AQSh, Rossiya, Hindiston, Xitoy va boshqa mamlakatlarda yakkaxon dasturlari bilan, duet va kamera ansambllari tarkibida konsertlar beradi.

Valentina Boi — lirik-dramatik soprano bo’lib, Italiya va boshqa mamlakatlarning nufuzli sahnalarida keng repertuarga ega.

Dirijyor — maestro Alibek Kabduraxmonov.

Chiptalar narxi: 50 000 so’mdan 300 000 so’mgacha.
Chiptalarni iticket.uz sayti orqali sotib olishingiz mumkin.

Ma’lumot uchun telefonlar: +998 71−233−90−81; +998 71−207−10−71.