Anons

Simfonik orkestr ishtirokida "Qarsildoq" konserti

E’lon qilingan sana· 135
Simfonik orkestr ishtirokida "Qarsildoq" konserti

“Turkiston” san’at saroyida simfonik orkestr ijrosida E.Goffmanning “Qarsildoq va sichqonlar qiroli” ertagi asosidagi “Qarsildoq” kontserti bo‘lib o‘tadi.

Chelyabinsk viloyati davlat simfonik orkestri va Rossiya xalq artisti Olga Telyakova dunyoda mo‘jiza uchun joy borligi haqida so‘z yuritadi. Musiqiy spektaklda ikki dunyo xayoliy tarzda birlashadi — haqiqiy va fantastik. Rojdestvo ertaklarining sehrli olami animatsiya, musiqiy ijro va aktyor mahorati bilan yaratiladi.

“Qarsildoq” — bu musiqa orqali aytilgan hikoya. Goffmanning ertagi va Pyotr Chaykovskiyning go’zal musiqasi mehribon qiz va sehrlangan yigitning sevgisi haqidagi hayratlanarli hikoyadir.

Ertakda tasvirlangan “Qarsildoq” ham o’yinchoq, ham yong’oq yoradigan moslamadir. “Qarsildoq” deb nomlangan bunday haykalchalar Germaniya va Avstriyada 18-asrdan beri keng tarqalgan. Ernst Teodor Amadey Goffmanning “Qarsildoq va sichqonlar qiroli” romani 1816-yilda yozilgan. Chaykovskiy balet uchun musiqa yaratdi, uning premyerasi 1892-yilda Sankt-Peterburgdagi Mariin teatrida bo’lib o’tdi.

Ijrochilar:

  • Chelyabinsk viloyati davlat simfonik orkestri;
  • Rossiya xalq artisti Olga Telyakova (badiiy so’z);
  • Badiiy rahbar va bosh dirijyor — Rossiyada xizmat ko‘rsatgan artist Adik Abdurahmonov;
  • rejissyor — Vyacheslav Xaryushin.

Yosh toifasi: +6.

Chipta narxi: 50 000 so’mdan 250 000 so’mgacha.
Chiptalarni iticket.uz sayti orqali xarid qilish mumkin.

Ma’lumot uchun telefonlar: (+998) 71−235−4440, (+998) 71−245−0267, (+998) 71−207−1071, (+998) 71−207−2072.

    Afisha.uz saytidagi ma‘lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tarqatish va boshqa maqsadlarda foydalanish faqat tahririyatning yozma ruxsati bilan mumkin. Foydalanuvchi kelishuvi
    Elektron OAV guvohnomasi №0400. Berilgan sanasi 13-avgust 2019-yil
    Muassis: «Afisha Media» MChJ
    Bosh muharrir: Sapayeva Galina Vyacheslavovna
    Manzil: 100007, Toshkent, Parkent ko‘chasi, 26А / Pochta: info@afisha.uz
    © 2005-2024 Afisha.uz
    «Afisha Media» MChJ