Anons

Yaponiyalik musiqachilar ishtirokida O‘zbekiston Milliy simfonik orkestri konserti

E’lon qilingan sana· 39
Yaponiyalik musiqachilar ishtirokida O‘zbekiston Milliy simfonik orkestri konserti

“O‘zbekiston” xalqaro anjumanlar saroyida yapon musiqachilari — dirijyor Xajime Xama va pianinochi Yukio Yokoyama ishtirokida O‘zbekiston Milliy simfonik orkestri konserti bo‘lib o‘tadi.

Konsertda o‘zbek bastakori Sulaymon Yudakovning “Xorazm bayram yurishlari” asari, yapon mualliflarining asarlari: Akiri Ifukubening simfonik balladasi va Yuzo Toyamaning “Orkestr uchun rapsodiya"si, shuningdek, Sergey Prokofyevning 3-sonli fortepiano konserti ijro etiladi.

Konsert musiqa tili har bir insonga tarjimasiz ham tushunarli ekanini, san’at insonlarni birlashtira olishini ko‘rsatishga qaratilgan.

Chiptalar narxi: 50 000 so’mdan 400 000 so’mgacha.

Chiptalarni iticket.uz sayti orqali xarid qilish mumkin.

Murojaat uchun telefonlar: (+998) 71−232−8663, (+998) 71−207−1071, (+998) 71−207−2072.

Konsert O‘zbekiston madaniyati va san’atini rivojlantirish jamg‘armasi ko‘magida o‘tkaziladi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Jadval