Anons

«Рояль Виолончель» dueti konserti

E’lon qilingan sana· 59
«Рояль Виолончель» dueti konserti

Davlat konservatoriyasining katta zalida fransiyalik pianinochi Maksim Zekkini va germaniyalik violonchelchi Teo Bross ishtirokida klassik musiqa kechasi bo‘lib o‘tadi.

Maksim Zekkini (pianino) ko’plab xalqaro festivallar laureati, u ham ijrochi, ham bastakor. 2022-yil may oyidan boshlab u dunyoning 60 ta shahrida ko’plab yakkaxon konsertlar uyushtirdi.

Teo Bross (violonchel) — Shtutgart, Budapesht va Parijda violonchel, dirijyorlik va musiqa pedagogikasini o’rgangan. 1989-yilda Bergamoda (Italiya) Premio Alfredo Piatti mukofotini oldi. 1991-yilda u Pegasos ansambliga asos solgan va o’sha yili Karlsbadda kamer musiqasi uchun mukofot olgan. U ikki jahon urushi oralig’idagi kamer musiqasiga bag’ishlangan bir nechta CD va radio yozuvlarini chiqardi.

Duet Debyusi, Fore, Brams, Betxoven, Messian va boshqa buyuk bastakorlarning asarlarini ijro etadi. Ular Toshkent va Nukusda ikkitadan konsert uyushtirishadi, shuningdek, ijodiy uchrashuvlar va mahorat darslari o‘tkazishadi.

Chipta narxi: 50 000 so’m.
Chiptalarni iticket.uz sayti yoki Konservatoriya kassalaridan xarid qilish mumkin.

Murojaat uchun telefon: (+998) 94−640−5734.

    Afisha.uz saytidagi ma‘lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tarqatish va boshqa maqsadlarda foydalanish faqat tahririyatning yozma ruxsati bilan mumkin. Foydalanuvchi kelishuvi
    Elektron OAV guvohnomasi №0400. Berilgan sanasi 13-avgust 2019-yil
    Muassis: «Afisha Media» MChJ
    Bosh muharrir: Sapayeva Galina Vyacheslavovna
    Manzil: 100007, Toshkent, Parkent ko‘chasi, 26А / Pochta: info@afisha.uz
    © 2005-2024 Afisha.uz
    «Afisha Media» MChJ