Anons

Maksim Vengerov konserti

E’lon qilingan sana· 85
Maksim Vengerov konserti

“O‘zbekiston” xalqaro anjumanlar saroyida taniqli skripkachi Maksim Vengerov chiqish qiladi. Konsertga Alibek Kabduraxmonov dirijyorligidagi Milliy simfonik orkestri hamrohlik qiladi.

Dasturga skripka va orkestr uchun “oltin fond"dan asarlar kiritilgan: Volfgang Amadey Motsartning birinchi konserti va Jan Sibeliusning konserti.

Maksim Vengerov eng mashhur musiqachilardan biridir. U Mstislav Rostropovich, Jorj Solti, Yehudi Menuxin, Karl Giullini bilan hamkorlik qilgan va bir necha bor eng nufuzli xalqaro maydonlarda taniqli dirijyorlar boshchiligida eng yaxshi orkestrlar bilan chiqish qilgan. London Kingʻs kolleji, shuningdek, Zalsburgdagi Motsartium universiteti professori.

Alibek Kabduraxmonov rahbarligidagi O‘zbekiston Milliy simfonik orkestri boy tarixga ega jamoadir. 1936-yilda tashkil etilgan orkestr turli davr, uslub va harakatlarga oid asarlarni o‘z ichiga olgan boy repertuarga ega, ko‘pincha o‘zbek kompozitorlari asarlarini ijro etadi, dunyoning turli mamlakatlari ijrochilari bilan hamkorlik qiladi. Jamoani Oʻzbekistonda ham, xorijda ham yaxshi bilishadi. Aynan o‘tgan yili guruh Berlin filarmoniyasi va Parijdagi YUNESKO shtab-kvartirasida chiqish qildi, shuningdek, A.Navoiy nomidagi Davlat akademik katta teatri sahnasida “Qarsildoq” balet spektaklini qo‘yishda ishtirok etdi.

Chiptalar narxi: 55 000 soʻmdan 550 000 soʻmgacha.
Chiptalarni sotib olish.

Murojaat uchun telefon: (+998) 71−232−8663.

Konsert O‘zbekiston madaniyati va san’atini rivojlantirish jamg‘armasi tomonidan tashkil etilgan bo‘lib, mamlakat aholisini jahon musiqa merosi bilan tanishtirish, shuningdek, O‘zbekiston ijodiy ijrochilarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan dastur doirasida o‘tkazilmoqda.

    Afisha.uz saytidagi ma‘lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tarqatish va boshqa maqsadlarda foydalanish faqat tahririyatning yozma ruxsati bilan mumkin. Foydalanuvchi kelishuvi
    Elektron OAV guvohnomasi №0400. Berilgan sanasi 13-avgust 2019-yil
    Muassis: «Afisha Media» MChJ
    Bosh muharrir: Sapayeva Galina Vyacheslavovna
    Manzil: 100007, Toshkent, Parkent ko‘chasi, 26А / Pochta: info@afisha.uz
    © 2005-2024 Afisha.uz
    «Afisha Media» MChJ