Anons

Ural opera baleti truppasining katta gala konserti

E’lon qilingan sana· 243
Ural opera baleti truppasining katta gala konserti

Alisher Navoiy nomidagi Davlat akademik katta teatrida Ural opera baleti truppasining katta gala konserti bo‘lib o‘tadi. U Xalqaro opera va balet festivali dasturida namoyish etiladi.

Ural baletining gala konserti to‘rt baletdan iborat saylanmadir. Bu Rossiyaning eng sara balet muassasalaridan birining siymosi va oxirgi ikki asrlik “mumtoz raqs” o‘tmishiga nazar hisoblanadi: dasturning eng burungi qismi 1842-yil sanasida, eng oxirgisi esa 2023-yilning yozida sahnalashtirilgan.

Ikki tanaffusdan iborat bir ijodiy kechada tomoshabinlar daniyalik Avgust Burnonvilning “Neapol yoki baliqchi va uning kelini” baleti, Aleksandr Merkushevning “Terset”, Ural baleti rahbari Maksim Petrovning Debyussi musiqasiga sayqallangan “Choshgoh” hamda mumtoz “Salyeri variatsiyalari” asarlaridan bahramand bo‘lishadi.

Chipta narxlari: 80 000dan 800 000 soʻmgacha.
Xarid qilish.

Ma’lumot uchun telefonlar: (+998) 71−207−1071, (+998) 71−207−2072.

    Afisha.uz saytidagi ma‘lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tarqatish va boshqa maqsadlarda foydalanish faqat tahririyatning yozma ruxsati bilan mumkin. Foydalanuvchi kelishuvi
    Elektron OAV guvohnomasi №0400. Berilgan sanasi 13-avgust 2019-yil
    Muassis: «Afisha Media» MChJ
    Bosh muharrir: Sapayeva Galina Vyacheslavovna
    Manzil: 100007, Toshkent, Parkent ko‘chasi, 26А / Pochta: info@afisha.uz
    © 2005-2024 Afisha.uz
    «Afisha Media» MChJ