Navro‘z bayram tomoshasining tayyorgarlik jarayonidan reportaj

E’lon qilingan sana· 4 180
Navro‘z bayram tomoshasining tayyorgarlik jarayonidan reportaj

Har yili bahor kelishi bilan O‘zbekistonning turli nuqtalarida Navro‘z bayrami keng nishonlanadi. Xususan, davlat bosh tadbirini ham ko‘tarinki ruhda o‘tkazish an’anaga aylangan. Mazkur bayram joriy yilda ham o‘ziga xos tarzda qiziqarli bo‘lib o‘tishi rejalashtirilmoqda, buning uchun esa katta ijodiy jamoa mehnat qilyapti. Afisha.uz muxbirlari Navro‘z umumxalq bayram tomoshasining tayyorgarlik jarayonidan reportaj tayyorladi.

2024-yilgi Navro‘z bayram tomoshasi poytaxtdagi “Humo arena” majmuasida o‘tkazilishi rejalashtirilgan. “Har kuning Navro‘z bo‘lsin, jonajon O‘zbekistonim!” nomli umumxalq bayram tomoshasida nafaqat taniqli san’atkorlar, balki mamlakatning chekka hududlarida faoliyat yuritayotgan folklor ansambllari ham chiqish qiladi.

“Navro‘z davlat tadbirida birinchi marta qatnashyapman. O‘zim tug‘ilib, voyaga yetgan Namangan viloyati haqidagi qo‘shiqni ijro etaman. To‘g‘risi, juda kuchli hayajondaman. Chunki ishtirok etayotganimdan xursandman. Barcha yurtdoshlarimizni bayram bilan qutlayman. Navro‘z shukuhi yil davomida tark etmasin”, — dedi xonanda Sardor Mamadaliyev.

“Bu bayram biz san’at ahliga ilhom, quvonch bag‘ishlaydi. Navro‘z tadbirida ancha yildan beri qatnashaman. Bu yildan-yilga rang-barang bo‘lib, chiroyli o‘tmoqda. Bu yil tayyorgarlik jarayonlari ham, repertuarlar ham boshqacha. Tadbir dasturini ko‘rgan odamning dili yayraydi. Bunday bayramlar yurtimizda har doim bo‘laversin, biz san’atkorlar esa xizmat qilishdan charchamaylik”, — dedi O‘zbekiston xalq artisti Og‘abek Sobirov.

Joriy yilgi tadbirda Farruh Zokirov, Munojat Yo‘lchiyeva, Yulduz Usmonova singari o‘zbek qo‘shiqchilik san’atining tirik afsonalari qatorida Muhammadziyo, Shohruhxon, Afruza kabi ko‘plab yosh xonandalar ham qo‘shiq ijro etadi.

Toʻliq reportajni YouTube kanalimizda tomosha qiling:

Azizbek Xamrakulov
Fotosuratchi
Azizbek Xamrakulov
Afisha.uz saytidagi ma‘lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tarqatish va boshqa maqsadlarda foydalanish faqat tahririyatning yozma ruxsati bilan mumkin. Foydalanuvchi kelishuvi
Elektron OAV guvohnomasi №0400. Berilgan sanasi 13-avgust 2019-yil
Muassis: «Afisha Media» MChJ
Bosh muharrir: Sapayeva Galina Vyacheslavovna
Manzil: 100007, Toshkent, Parkent ko‘chasi, 26А / Pochta: info@afisha.uz
© 2005-2024 Afisha.uz
«Afisha Media» MChJ