Madonna Rio-de-Janeyroda bepul konsert berdi, 1,6 million kishi tashrif buyurdi

E’lon qilingan sana· 1 898
Madonna Rio-de-Janeyroda bepul konsert berdi, 1,6 million kishi tashrif buyurdi

Amerikalik mashhur san’atkor Madonna Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida 40 yillik faoliyatida eng katta auditoriya oldida konsert berdi. Uning dunyo boʻylab uyushtirgan “Celebration” nomli turnesi doirasidagi Kopakabana sohillarida bergan konsertiga 1,6 million kishi tashrif buyurdi.

Koʻpchilik yaxshi joy topish uchun u yerda bir necha soat, hatto kunlar davomida boʻlgan, badavlat muxlislar sohil yaqinidagi oʻnlab qayiqlarda langar qoʻygan, sohil boʻyidagi uylar toʻlib-toshgan.

Rio shtat va shahar hukumatlari konsert uchun 3,9 million dollar sarflaganini, qolgan qismini esa xususiy homiylar moliyalashtirganini maʼlum qildi. Rasmiylar konsert Rio iqtisodiyotiga 60 million real daromad keltirishi mumkinligini taxmin qilmoqda.

Afisha.uz saytidagi ma‘lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tarqatish va boshqa maqsadlarda foydalanish faqat tahririyatning yozma ruxsati bilan mumkin. Foydalanuvchi kelishuvi
Elektron OAV guvohnomasi №0400. Berilgan sanasi 13-avgust 2019-yil
Muassis: «Afisha Media» MChJ
Bosh muharrir: Sapayeva Galina Vyacheslavovna
Manzil: 100007, Toshkent, Parkent ko‘chasi, 26А / Pochta: info@afisha.uz
© 2005-2024 Afisha.uz
«Afisha Media» MChJ