Anons
Bolalar kuniga bagʻishlangan fortepiano konserti
E’lon qilingan sana: · 116

Oʻzbekiston davlat konservatoriyasining organ zalida 1-iyun — Xalqaro bolalarni himoya qilish kuniga bagʻishlangan fortepiano konserti boʻlib oʻtadi.
Konsertda yosh pianinochi-virtuozlar, V.V. Uspenskiy nomidagi musiqa maktabining Dilafruz Mamadaliyeva boshchiligidagi oʻquvchilari S. Raxmaninov, S. Debussi, F. Mendelson, F. List va boshqa buyuk kompozitorlarning asarlarini ijro etadilar.
D. Mamadaliyevaning oʻquvchilari orasida AQSH, Italiya, Rossiya, Shveytsariya, Ukraina, Polsha va boshqa mamlakatlarda pianino boʻyicha oʻtkazilgan xalqaro tanlovlarning koʻplab gʻolib va sovrindorlari bor.
Kirish bepul.
Joylar cheklangan.
Jadval
1-iyun
shanba
18:30
Toshkent, Olmazor ko‘ch., 1