Botir Qodirov 2024-yilgi konsert dasturi YouTube'da e'lon qilindi

E’lon qilingan sana· 1 143
Botir Qodirov 2024-yilgi konsert dasturi YouTube'da e'lon qilindi

Taniqli estrada xonandasi Botir Qodirov 25−30-aprel kunlari “Xalqlar do‘stligi” san’at saroyida yakkaxon konsertini taqdim etdi. Xonanda ushbu konsertini ijodining 20 yilligiga bagʻishlagan.

Botir Qodirov 20 yillik ijodiy faoliyati mobaynida qancha konsert taqdim etgan bo‘lsa, ularda ayrim taronlarini jonli ijroda, aksariyatini fonogramma orqali taqdim etgan. Ammo 2024-yilgi konsertida esa hamma qo‘shiqlarni jonli ijroda kuylagan.

Xonanda oxirgi martga besh yil oldin yakkaxon konsert taqdim etgan edi. Nima sababdan shuncha vaqt davomida muxlislariga ijodiy imtihon topishmagani haqidagi savolga quyidagicha izoh bergandi:

“Haqiqatan so‘nggi marta 2019-yilda konsert qo‘yganman. Undan keyin pandemiya boshlanib qoldi. Koronavirusdan so‘ng hali konsert namoyish etmagan edik. Shu kabi sabablar bilan dastur orqaga surilaverdi, mana, 2024-yilga nasib qilgan ekan, taqdim qilyapmiz. Shuningdek, bu kabi tanaffuslar ijodkor uchun kerak, deb o‘ylayman. Chunki o‘zingizni anglab olishingiz, kattaroq ishlar qilishingiz uchun ham bunday tanaffsularning foydasi bor”, — dedi qo‘shiqchi.

Afisha.uz muxbirlari ham repititsiya jarayonini kadrlarga muxrlab, Botir Qodirovdan bir qancha savollarga javob olgandi.

Konsertda boshlovchilik va qiziqchilik vazifasini xonandaning yaqin do‘sti, taniqli so‘z ustasi Avaz Oxun bajargan. Raqslarni esa “Tumor” ansambli vakillari ijro etgan. Toʻliq konsert dasturi Botir Qodirovning YouTube kanaliga joylandi.

Bundan tashqari, Afisha.uz'ning ushbu konsert jarayonidan tayyorlagan reportajini ham tomosha qilishingiz mumkin. Unda nafaqat konsert, balki maxsus intervyular ham bor.

Afisha.uz saytidagi ma‘lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tarqatish va boshqa maqsadlarda foydalanish faqat tahririyatning yozma ruxsati bilan mumkin. Foydalanuvchi kelishuvi
Elektron OAV guvohnomasi №0400. Berilgan sanasi 13-avgust 2019-yil
Muassis: «Afisha Media» MChJ
Bosh muharrir: Sapayeva Galina Vyacheslavovna
Manzil: 100007, Toshkent, Parkent ko‘chasi, 26А / Pochta: info@afisha.uz
© 2005-2024 Afisha.uz
«Afisha Media» MChJ