Anons

Thirty Seconds to Mars konserti

E’lon qilingan sana· 268
Thirty Seconds to Mars konserti

Jared Leto 2024-yilning oktyabr oyida Toshkentga keladi.

Humo Arena’da dunyoga mashhur “Thirty Seconds to Mars” rok guruhi konserti boʻlib oʻtadi.

“Thirty Seconds to Mars” guruhi oʻzining oltinchi studiyaviy albomi “It's The End Of The World But It’s A Beautiful Day” bilan sahnaga qaytmoqda.

Albom guruh uchun yangi davr boshlanayotganini anglatadi, u nafaqat inson tajribasining qorongʻu tomonlarini, balki umidni ham koʻrsatadi va imkonsiz boʻlib tuyulgan toʻsiqlarga qaramay, dunyoda goʻzallik hali ham topilishi mumkinligini eslatadi.

Thirty Seconds to Mars — Jared Leto va Shennon Leto. Ular butun dunyo boʻylab 15 milliondan ortiq albom sotgan va har yili muxlislar bilan toʻlgan zallar va stadionlarda konsertlar beradi. Ular koʻplab mukofotlarga sazovor boʻlgan, jumladan, oʻnlab MTV mukofotlari, Billboard musiqa jurnali mukofoti va tarixdagi eng uzoq davom etgan gastrol uchun Ginnesning rekordlar kitobiga kiritilgan.

Toshkentdagi konsert yirik “Seasons World Tour 2024” doirasida bo‘lib oʻtadi.

Chipta narxlari: 500 000 soʻmdan 2 000 000 soʻmgacha.
Chiptalarni ushbu havola orqali sotib olishingiz mumkin.

  • Sana
    17 oktabr, 19:00
    Joy
    Humo Arena
    Toshkent, Afrosiyob ko‘ch. va Beshyog‘och ko‘ch. chorraha