"Perro ertaklari" baleti

Alisher Navoiy nomidagi Davlat akademik Katta teatrida Toshkent Xalqaro opera va balet festivali dasturida Maksim Petrov, Konstantin Xlebnikov va Aleksandr Merkushev tomonidan jamoaviy tarzda sahnalashtirilgan “Perro ertaklari” baleti namoyish etiladi.
Libretto mualliflari Sharl Perroning to‘rtta: “Etik kiygan mushuk”, “Qizil qalpoqcha”, “Ko‘k soqol” va “Barmoqvoy” ertagida to‘xtaladilar. Ushbu ertaklar muqaddima va xotima bilan birgalikda ezgulik va shafqatsiz bo‘lishi, sohibjamol va maxluqlarning qiyofasi aldamchi ekani, barcha kishilar turli tuman bo‘lishlari mumkinligi hamda hech qanday tashqi ko‘rinish quvonish, qayg‘urish va sevish huquqidan mahrum qilmasligidan iborat butun bir spektaklni vujudga keltiradi.
Chipta narxlari: 100 000 — 800 000 soʻm.
Sotib olish uchun.
Murojaat uchun: (+998) 71−233−9081.
- Sana12 aprel, 19:00
- Sana13 aprel, 19:00