"Stihiya" elektron musiqa, san'at va fan festivali

29−31 may kunlari Mo‘ynoqdagi kemalar qabristonida “Stihiya” elektron musiqa, san’at va fan festivali bo‘lib o‘tadi. Bu 2017-yilda O‘zbekistondagi entuziastlar tomonidan o‘ylab topilgan loyihadir.
Festival tarixiy ahamiyatga ega bo‘lgan Mo‘ynoq shahrida bo‘lib o‘tadi, unda har bir ishtirokchi o‘zini katta va muhim missiyaning bir qismi sifatida his qilishi mumkin. “Stihiya” shunchaki festival emas, bu mintaqaning o‘ziga xos tarzda barqaror rivojlanishi, atrof-muhit va madaniy merosga hurmat tomon qilingan harakatdir.
“Stihiya"ning asosiy vazifalari — tashqi va ichki turizmni rivojlantirish, iqtidorlarni jamlash, kreativ iqtisodiyotni rivojlantirishga hissa qo‘shish, shuningdek, mintaqa yoshlarining yangi qiyofasini shakllantirish.
Artistlar:
- Aisha Devi (Shveysariya);
- Arushi Jain (Hindiston);
- DSL System;
- Jan Jelinek (Germaniya);
- Josef Tumari (Oʻzbekiston);
- LOUD373 (Oʻzbekiston);
- Mari Breslavets (Oʻzbekiston);
- Soft Blade (Rossiya).
Chipta narxi: 350 000 soʻmdan boshlanadi.
Chiptalarni “Stihiya” veb-saytida sotib olish mumkin.
Chipta uch kun davomida festival hududiga kirish imkonini beradi.
Tashkilotchilar barcha tashrif buyuruvchilarni tabiatni hurmat qilishga, chiqindilarni utilizatsiya qilishga, chiqindilarni moʻljallangan idishlarga tashlanishini e’tiborga olishga chaqiradi. Chunki festivalda chiqindilarni saralashning alohida turi amal qiladi. Shuningdek, ko‘p marta ishlatiladigan termoslar yoki flyagalarga ustunlik berilib, plastik iste’molini kamaytirish so‘ralgan. Qo‘riqlash va tibbiy yordam xizmati kafolatlangan, ammo shaxsiy javobgarlik va shaxsiy buyumlarning saqlanishi haqida unutmaslik kerak.
Festival O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi tomonidan qo‘llab-quvvatlanmoqda.
- Sana29dan 31-maygacha