Anons

Behzod Abduraimov va Aziz Shohakimov ishtirokidagi xayriya konserti

E’lon qilingan sana· 643
Behzod Abduraimov va Aziz Shohakimov ishtirokidagi xayriya konserti

O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi madadi bilan Toshkentdagi V.A. Uspenskiy nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa maktabining 85 yilligiga bag‘ishlangan mumtoz musiqa xayriya konserti bo‘lib o‘tadi.

Konsert ʻʻO‘zbekistonʼʼ xalqaro anjumanlar saroyida tashkil etiladi. Maktabning taniqli bitiruvchilari — pianinochi Behzod Abduraimov va dirijyor Aziz Shohakimov V.A. Uspenskiy nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa maktabining Yoshlar simfonik orkestri bilan chiqish qiladilar.

Chiptalar shu yerda.

Ixtisoslashtirilgan musiqa ta’lim muassasalari o‘quvchilariga chiptalar bepul taqdim etiladi.

    Telegram kanalimizga obuna bo‘ling