Anons
Viloyatlar boʻylab UzRap festivali
E’lon qilingan sana: · 1 384

Qarshi, Samarqand va Fargʻona shaharlarida yirik rep festivali oʻtkaziladi.
Festival doirasida sahnaga nafaqat yangi iste’dodlar, balki allaqachon muvaffaqiyat qozongan reperlar ham chiqadi. Unda Asl Wayne, Massa, Minor, Shaka, Java, Abrorbey, Sarvar Kuba, Chab, Doppi Twins va boshqa reperlar ishtirok etadi.
Qarshi shahridagi konsert 2-may kuni Yozgi amfiteatrda, Samarqand shahrida 4-may kuni Moʻjiza amfiteatrida boʻlib oʻtadi, Fargʻona shahrida esa 10-may kuni “Eco City” amfiteatrida boʻlib oʻtadi.
Jadval
2-may 2025
19:00
4-may 2025
19:00
10-may 2025
19:00