Jennifer Lopez ilk bor Toshkentda konsert beradi

E’lon qilingan sana· 1 407
Jennifer Lopez ilk bor Toshkentda konsert beradi

Toshkentda amerikalik aktrisa va qo‘shiqchi Jennifer Lopesning konserti bo‘lib o‘tadi . 7 avgust kuni jahon yulduzi “Milliy” (Bunyodkor) stadionida “Up All Night — LIVE IN 2025” jahon sayyor konserti doirasida chiqish qiladi.

Mazkur konsert san’atkorning O‘zbekistondagi debyut konserti bo‘ladi.

Chiptalar tez orada sotuvga chiqariladi, yangiliklarni Afisha.uz saytida kuzatib boring.

Tashkilotchi O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi bo‘ldi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling