"Rammstein" guruhi yulduzi Till Lindeman Toshkentda konsert beradi

E’lon qilingan sana· 847
"Rammstein" guruhi yulduzi Till Lindeman Toshkentda konsert beradi

Germaniyaning “Rammstein” guruhi yulduzi Till Lindeman 2026-yilning 9-yanvar sanasida Toshkentdagi “Axellon Carting Center"da konsert beradi.

Qayd etilishicha, Toshkentdagi konsert Lindemanning “Meine Welt” yakkaxon turi doirasida boʻlib oʻtadi. Chiptalar 6-iyundan boshlab sotuvga chiqariladi.

Till Lindemann metal yoʻnalishida ijod qilgan qoʻshiqchi hisoblanadi. Uning “Rammstein” guruhi bilan ijro etgan “Deutschland”, “Du Hast” va “Mein Herz brennt” qoʻshiqlari mashhur.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling