Quest Pistols Atlantis akvaparkida

Atlantis akvaparkida Quest Pistols guruhi chiqish qiladi.
Quest Pistols — 2007-yilda Kiyevda tashkil topgan mashhur ukrainalik pop-rok va raqs guruhi hisoblanadi.
Ular oʻz faoliyatini raqs shousi sifatida boshlangan bo‘lsa-da, “Я устал”, “Ты так красива”, “Белая стрекоза любви”" va “Я твой наркотик” kabi xitlari tufayli tezda mashhur boʻldi.
Guruh oʻzining epotaj shoulari, yorqin xoreografiyasi va gʻayrioddiy uslubi bilan tanilgan. Keyinchalik ular raqs va sahna ko‘rinishlariga urg‘u bergan holda “Quest Pistols Show"ga aylanishgan. Bir muncha vaqt a’zolar “Агонь” guruhi sifatida ham chiqish qilishdi.
Kirish chiptasi narxi: bir kishi uchun 200 000 soʻm (toʻliq joy band qilgan holda).
O‘rindiqlar narxi: 300 000 so‘mdan 500 000 so‘mgacha.
Band qilish uchun mavjud oʻrindiqlar roʻyxati:
- 8 kishilik kabinalar;
- 4 va 6 kishilik stollar;
- 8 kishilik soʻrilar.
Quyidagi telefon orqali chiptalarni oldindan band qilish talab qilinadi: (+998) 71−215−1122.
Shuningdek, ushbu raqam orqali ma’lumot olish mumkin.