Samarqandda Andrea Bochelli konserti boʻlib oʻtadi
E’lon qilingan sana: · 281

Samarqand shahridagi Registon maydonida 1-sentyabr kuni italiyalik klassik qoʻshiqlar ijro etuvchi xonanda Andrea Bochelli konserti boʻlib oʻtadi.
Qayd etilishicha, ushbu kechada Bochelli, maxsus mehmon — Aida Garifullina, O‘zbekiston Milliy simfonik orkestri va xor jamoalari ijrosida jahon mumtoz musiqasi asarlari va mashhur qo‘shiqlari yangraydi.
Ta’kidlanishicha, konsert uchun chiptalar tez orada sotuvga chiqariladi.
Tashkilotchi O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi bo‘ldi.