Tomoshabinlar uchun koʻrsatmalar: Jennifer Lopes kontsertiga qanday borish mumkin

7-avgust kuni “Bunyodkor” stadionida Jennifer Lopesning ajoyib shousi bo‘lib o‘tadi. Kirishda navbatlar va noqulayliklarga yoʻl qoʻymaslik uchun tomoshabinlarga ertaroq kelish va stadion tartibi bilan oldindan tanishish tavsiya etiladi.
Kirish zonalari 17:30 da ochiladi. Ularning soni 4 ta — chiptangizga koʻra qaysi kirish zonasidan oʻtishingiz kerakligini diqqat bilan koʻrib chiqish tavsiya etiladi. Foto-koʻrsatmala va chizma moʻljal olishingizga yordam beradi.
№1 nazorat-oʻtkazish punkti orqali kirish sektorlari: VIP-standing, Fan zone, Dance Floor, Free Zone (Bunyodkor shoh koʻchasi tomonda joylashgan).
№2 nazorat punkti orqali kirish sektorlari: 1B, 1C, 1D, 1E, 1°F , 2A, 2B, 7B, 5B, 5D, 5E, 5G, 5H, 5I, 6A, 6B, 6C va 1−8-sonli balkonlar (Choʻpon ota koʻchasi va Bunyodkor shoh koʻchasi oʻrtasida joylashgan).
№3 nazorat punkti orqali kirish sektorlari: 2C, 2E, 2D, 3A, 3B, 3C, 3D, 3E, 6E, 6°F , 6D, 6H, 7A, 7B, 7C, 7D, 7E, 7°F va 9−18-sonli balkonlar (Choʻpon ota koʻchasi tomondagi).
№4 nazorat punkti orqali kirish sektorlari: VIP-standart, Fan zone, Dance Floor, Free Zone, shuningdek quyidagi sektorlar uchun: 2C, 2D, 2E, 3A, 3B, 3C, 3D, 3E, 6E, 6 °F , 6H, 7A, 7B, 7C, 7D, 7E, 7 °F (Choʻpon ota koʻchasi tomonda joylashgan).
Kirish joyida sizga QR kodli chipta kerak boʻladi — uni telefoningiz ekranidan yoki chop etilgan holda koʻrsatishingiz mumkin. Esda tuting: QR kodsiz stadionga kira olmaysiz.
Quyidagilarni olib kelish taqiqlanadi:
- oziq-ovqat;
- ichimliklar;
- chekish anjomlari;
- O‘tkir, tig‘li, kesuvchi va boshqa xavf soluvchi buyumlar.
Bularning barchasi tekshiruv vaqtida musodara qilinadi. Stadion hududida fud-korti mavjud.
O‘zingiz bilan minimal miqdordagi narsalarni olish — o‘tishni tezlashtiradi va konsertda bo‘lishingizni yanada qulayroq qiladi.