Jennifer Lopesning konserti sabab “Bunyodkor” stadioni yaqinidagi bir nechta ko‘chalar yopiladi

E’lon qilingan sana· 442
Jennifer Lopesning konserti sabab “Bunyodkor” stadioni yaqinidagi bir nechta ko‘chalar yopiladi

7-avgust kuni soat 19:00 da Toshkent shahrining Chilonzor tumanidagi “Bunyodkor” stadionida Jennifer Lopesning konserti bo‘lib o‘tishi munosabati bilan bir qator ko‘chalarda transport harakati vaqtincha cheklanadi .

Soat 12:00 dan 23:00 gacha quyidagi hududlarda avtotransport harakati butunlay yopiladi:

  • Choʻpon ota va Qoratosh ko‘chalari chorrahasidan Choʻpon ota ko‘chasi bo‘ylab Chilonzor ko‘chasi chorrahasigacha;
  • Choʻpon ota va Chilonzor ko‘chalari chorrahasidan Chilonzor ko‘chasi bo‘ylab halqa yoʻl tutashgan joygacha; ;
  • Bunyodkor ikkinchi darajali ko‘chasidan — Choʻpon ota koʻchasigacha.

Poytaxt aholisi va mehmonlaridan o‘z yo‘nalishini oldindan rejalashtirish, iloji bo‘lsa aylanma yo‘l va unga tutash ko‘chalardan foydalanish so‘raladi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling