Anons

Coldplay Symphony

E’lon qilingan sana· 151
Coldplay Symphony

Milliy kino san’at saroyida Coldplay guruhining mashhur qoʻshiqlaridan iborat tribyut-konsert bo‘lib o‘tadi. Tynda.Music jamoasi tomoshabinlarga ushbu guruhning yoshlik madhiyasiga aylanishga ulgurgan asarlarini ijro etishadi.

Coldplay — 1996-yilda Londonda tashkil topgan rok guruhi. Guruh zamonaviy pop-rok va pop-musiqa yoʻnalishlarida ijod qilib, butun dunyoga mashhur hisoblanishadi. Ularning qo‘shiqlari muhabbat, umid, orzu va hayot mazmuni haqida bo‘lib, millionlab tinglovchilar qalbidan joy olgan.

Guruhning ilk katta muvaffaqiyati 2000-yilda chiqqan “Yellow” qo‘shig‘i bilan boshlangan. Shundan so‘ng “Clocks”, “The Scientist”, “Fix You”, “Viva La Vida”, “Paradise”, “A Sky Full of Stars”, “Hymn for the Weekend” kabi kompozitsiyalar ularni zamonaviy musiqaning ramziga aylantirdi.

Chipta narxilari: 230 000 soʻmdan 700 000 soʻmgacha.

Ma’lumot uchun telefonlar: (+998) 71−200−0050, (+998) 93−569−8840.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling