Anons

Basta

E’lon qilingan sana· 206
Basta

Oʻzbekiston davlat tennis klubida reper Basta’ning yakkaxon konsert dasturi boʻlib oʻtadi.

Basta — asl ismi Vasiliy valenko, prodyuser, aktyor, ssenarist, bastokor shuningdek, u Rossiyaning eng mashhur reperlaridan biri, o‘zining kuchli sahna energetikasi va chuqur ma’noga ega qo‘shiqlari bilan keng auditoriyani jalb qila olgan san’atkor. U hip-hop, rep va zamonaviy estrada elementlarini uyg‘unlashtirgan ijodi bilan tanilgan.

Uning “Сансара”, “Моя игра”, “Выпускной”, “Без тебя” va “Когда меня не станет” kabi qo‘shiqlarini sevib tinglashadi. Bu kompozitsiyalar allaqachon Bastaning ijodiy yo‘lida ramziy ahamiyat kasb etgan xitlar qatoridan joy olgan.

Ma’lumot uchun telefonlar: (+998) 90−005−2646, (+998) 94−689−3553.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling