Anons

“Maktab 2010” qo‘shig‘i taqdimoti

E’lon qilingan sana· 88
“Maktab 2010” qo‘shig‘i taqdimoti

Respublika bolalar kutubxonasida “Hamnafas” festivali doirasida Bu Qala guruhining yangi “Maktab 2010” qoʻshigʻi taqdimoti boʻlib oʻtadi.

Bu Qala — indi rok yo‘nalishida ijod qiluvchi yosh rokerlar. 2023-yilda tashkil topgan guruh qisqa vaqt ichida “Keraging yo‘q” va “Samarqand osh” kabi qo‘shiqlari bilan keng auditoriyaning e’tiborini qozondi.

Ularning yangi qo‘shig‘i “Maktab 2010” maktab yo‘laklari va kundalik hayotning eng mayda tafsilotlaridan tortib, ulg‘ayishning achchiq-shirin manzaralarigacha bo‘lgan xotiralarni lirik hamda kinoyali ohangda ifodalaydi.

Jonli ijro.

Kirish bepul.

Ushbu havola orqali oldindan roʻyxatdan oʻtish talab qilinadi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling