The world of Hans Zimmer konserti

Milliy kino san’ati saroyida “The world of Hans Zimmer” nomli konsert dasturi bo‘lib o‘tadi.
The world of Hans Zimmer — eng mashhur zamonaviy bastakorlardan biri Hans Zimmer musiqasiga bagʻishlangan kontsert. Dasturda Alibek Kabduraxmonov boshchiligidagi Milliy simfonik orkestri ijrosida mashhur filmlar va multfilmlardan asarlar ijro etildi.
Sahnada orkestr, xor va solistlar “Karib dengizi qaroqchilari”, “Yulduzlar jangi”, “Bajarib boʻlmas topshiriq”, “Dyuna”, “Qora ritsar”, “Gladiator”, “Sherlok Xolms”, “So‘nggi samuray”, “Da Vinchi kodi”, “Madagaskar”, “Kung-fu panda” kabi filmlardan saundtreklarni ijro etadi.
Chiptalar narxi: 100 000 soʻmdan 700 000 soʻmgacha.
Murojaat uchun telefon raqamlar: (+998) 71−200−0050, (+998) 71−207−1071, (+998) 71−207−2072.