Anons

"Путешествие Познера и Урганта"

E’lon qilingan sana· 200
"Путешествие Познера и Урганта"

Milliy kino san’ati saroyida “Путешествие Познера и Урганта” nomli shou bo‘lib o‘tadi.

Vladimir Pozner va Ivan Urgantni deyarli yarim asr ajratib tursa-da, dunyoga qiziquvchanlik va insonlarga bo‘lgan mehr ularni birlashtirgan uzoq yillik do‘stlardir. Ular birgalikda Yevropa, Yaponiya va Amerikaning ko‘plab mamlakatlarida bo‘lib, turli kasb egasi, yosh va madaniyatga mansub odamlarning kundalik hayoti haqida hujjatli loyihalar yaratishgan.

Tomoshabinlarni ikki ajoyib suhbatdosh tomonidan o‘z sayohatlari haqidagi hikoyalarni so‘zlanadigan jonli va hazilga boy shou kutmoqda. Loyiha intellektual stendap komediya va informatsion suhbat elementlarini birlashtirib, xotiralar va kuzatishlarni jozibali muloqotga aylantiradi.

O‘tgan yili 90 yoshini nishonlagan Vladimir Pozner o‘z tajribasi, fikr-mulohazalari va xotiralari bilan o‘rtoqlashsa, Ivan Urgant esa do‘stining hikoyasini energiya va kinoya bilan to‘ldiradi. Bu ularning ko‘p yillik do‘stligi va ijodiy hamkorligining natijasi bo‘lib, bir sahna makonida mujassamlashadi.

Chipta narxi: 250 000 soʻmdan 3 000 000 soʻmgacha.

Murojaat uchun telefon raqamlar: (+998) 71−207−1071, (+998) 71−207−2072.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling