Billboard "Halloween" tarixidagi eng mashhur 25 qo‘shiqni aniqladi

Billboard jurnali eng mashhur Halloween qo‘shiqlari reytingini e’lon qildi. Unda Hot 100 chartida tarixdagi eng yuqori natijalarga erishgan qo‘shiqlar jamlangan. Ro‘yxatda 1960-yillardan tortib zamonaviy pop hitlargacha bo‘lgan “dahshatli” klassikalar o‘rin olgan.
Qayd etilishicha, Halloween qo‘shiqlari hali ham Rojdestvo musiqasi kabi daromad keltirmasa-da, ularning mashhurligi yildan-yilga oshib bormoqda. Ayniqsa, 31-oktyabr yaqinlashgani sari odamlarda dahshatlar hamda qoʻrquv hissi kirib, o‘z pleylistlariga shu mavzudagi mashhur qo‘shiqlarini qo‘shishadi.
Reyting Billboard Hot 100 chartining 2025-yil 18-oktyabr holatidagi ma’lumotlariga asoslanib tuzilgan. Hisoblashda qo‘shiqlarning chartdagi eng yuqori o‘rni va unda qancha hafta turgani inobatga olingan.
Halloween’ning TOP-5 eng mashhur qo‘shiqlari
-
Bobby “Boris” Pickett & The Crypt-Kickers — “Monster Mash”
1962 yilda chartning eng yuqori pog‘onasiga chiqqan bu qo‘shiq Halloween bayramining abadiy ramziga aylangan. -
Ray Parker Jr. — “Ghostbusters”
1984-yilda “Ruh ovchilari” filmi uchun yozilgan bu kemp uslubidagi hit hanuz bayram pleylistlarida mavjud. -
The Edgar Winter Group — “Frankenstein”
1973-yilda chiqarilgan, instrumental rok klassikasi sifatida tan olingan. -
Eminem ft. Rihanna — “The Monster”
2013-yilgi “The Marshall Mathers LP 2” albomidan chiqqan qo‘shiq boʻlib, ichki qorong‘ilik bilan kurash haqidagi zamonaviy pop-rap dueti. -
Bobby Brown — “On Our Own” (Ghostbusters II)
1989-yilda Hot 100 chartida ikkinchi o‘ringa chiqib, “Ghostbusters” muvaffaqiyatini davom ettirgan.
To‘liq 25 talik ro‘yxat:
-
Bobby Pickett & The Crypt-Kickers — Monster Mash
-
Ray Parker Jr. — Ghostbusters
-
The Edgar Winter Group — Frankenstein
-
Eminem ft. Rihanna — The Monster
-
Bobby Brown — On Our Own
-
Rockwell ft. Michael & Jermaine Jackson — Somebody’s Watching Me
-
Cher — Dark Lady
-
Janet Jackson — Black Cat
-
Mitch Ryder & The Detroit Wheels — Devil With a Blue Dress On / Good Golly Miss Molly
-
INXS — Devil Inside
-
Imagine Dragons — Demons
-
Classics IV — Spooky
-
Cliff Richard — Devil Woman
-
Creedence Clearwater Revival — Bad Moon Rising
-
Santana — Black Magic Woman
-
Kodak Black — Super Gremlin
-
The Charlie Daniels Band — The Devil Went Down to Georgia
-
Justin Bieber — Ghost
-
Bobby Vee — Devil or Angel
-
Olivia Rodrigo — Vampire
-
Elvis Presley & The Jordanaires — (You're the) Devil in Disguise
-
Michael Jackson — Thriller
-
Golden Earring — Twilight Zone
-
Blue Oyster Cult — (Don't Fear) The Reaper
-
Eagles — Witchy Woman
Billboard’ning qayd etishicha, hatto Maykl Jeksonning “Thriller” qo‘shig‘i ham ro‘yxatning ilk yigirmaligiga kira olmagan, u 1984-yilda to‘rtinchi o‘rinni egallab, 22 hafta davomida chartda turgan. Shunga qaramay, “Thriller” har yili Halloween kayfiyatining ajralmas qismi bo‘lib qolmoqda.