"Oltin kuz" II Xalqaro kamer va simfonik musiqa festivali oʻtkaziladi

E’lon qilingan sana· 161
"Oltin kuz" II Xalqaro kamer va simfonik musiqa festivali oʻtkaziladi

Toshkentda 3−11 noyabr kunlari o‘tkaziladigan “Oltin kuz” II Xalqaro kamer va simfonik musiqa festivali o‘z ishini boshladi. Unda O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Rossiyadan kelgan ijrochilar hamda orkestrlar qatnashadi. Bu haqda Oʻzbekiston MIlliy axbarot agentligi xabar berdi.

Sakkiz kun davomida mintaqaning yetakchi orkestrlari boʻlgan O‘zbekiston milliy simfonik orkestri, “Turkiston” va “O‘zbekiston solistlari” kamer jamoalari, shuningdek, Qirgʻizistonning Chuy kamer orkestri, Tojikiston davlat simfonik orkestri, Qozog‘iston davlat akademik orkestri hamda Novosibirsk filarmoniyasi kamer orkestri ishtirokidagi konsertlar dasturlari taqdim etiladi.

Festivalning asosiy tadbirlari:

  • 4−5-noyabr — Davlat konservatoriyasining Organ zalida dirijyor Anvar Raimjonov boshchligida “O‘zbekiston solistlari” va “Turkiston” kamer orkestrlarining konsertlari;
  • 6−8-noyabr — “Turkiston” san’at saroyida Tojikiston, Qirg‘iziston va Qozog‘iston jamoalarining chiqishlari;
  • 9-noyabr — Novosibirsk filarmoniya orkestrining Pyotr Chaykovskiy tug‘ilganining 185 yilligiga bag‘ishlangan konserti;
  • 10-noyabr — O‘zbekiston Milliy simfonik orkestri ishtirokidagi yakunlovchi kecha.

Festival Davlat filarmoniyasi, O‘zbekiston Madaniyat vazirligi va MDH davlatlari gumanitar hamkorlik jamg‘armasi tomonidan tashkil etilgan. Talabalar va yosh musiqachilar uchun mahorat darslari o‘tkaziladi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling