Anons

Sayyora G‘ofurovaning gala-kechasi

E’lon qilingan sana· 172
Sayyora G‘ofurovaning gala-kechasi

O‘zbekiston davlat konservatoriyasida Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist Sayyora G‘ofurova ishtirokida gala-kecha konsert dasturi bo‘lib o‘tadi.

“Fortepiano konserti evolyutsiyasi: J.S.Baxdan P.I.Chaykovskiygacha” deb nomlangan konsert dasturi tomoshabinlarni jahon fortepiano klassikasi davrlarida musiqiy sayohatga olib boradi.

Konsertda O‘zbekiston xalq artisti Kamoliddin O‘rinboyev boshchiligidagi O‘zbekiston davlat simfonik orkestri ishtirok etadi.

Sayyora G‘ofurova O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist, professor, xalqaro tanlovlar laureati. Qirq yildan ortiq vaqt davomida u yakkaxon va orkestrlar bilan O‘zbekiston, MDH va xorijda faol ishtirok etib kelmoqda. Uning repertuarida pianino va orkestr uchun yigirma beshdan ortiq asar mavjud boʻlib, ularning aksariyati Oʻzbekistonda premyerasi boʻlgan.

Musiqa san’ati rivojiga qo‘shgan ulkan hissasi uchun “Shuhrat” medali va O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist unvoni bilan taqdirlangan.

Kechani professor, xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi Inessa Gulzarova olib boradi.

Chiptalar narxi: 100 000 soʻmdan 165 000 soʻmgacha.

Murojaat uchun telefon raqamlar: (+998) 71−207−1071, (+998) 71−207−2072.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling