'Cause all of me loves all of you: Jon Lejend Oʻzbekistonda konsert beradi

E’lon qilingan sana· 511
'Cause all of me loves all of you: Jon Lejend Oʻzbekistonda konsert beradi

Samarqand shahridagi Registon maydonida 8-iyun kuni amerikalik xonanda Jon Lejend bilan qoʻshiqlar va hikoyalar kechasi boʻlib oʻtadi. Bu haqda Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamgʻarmasi xabar berdi.

Jon Lejend xonanda, qo‘shiq muallifi va aktyor hisoblanadi. U faoliyatini pianinochi va qo‘shiqlar muallifi sifatida boshlagan bo‘lib, 2004-yilda “Get Lifted” (“Ilhomlan”) debyut albomi bilan o‘zining ilk “Gremmi” mukofotlarini qo‘lga kiritgan.

Shuningdek, u faoliyati davomida Gremmi, Toni, Oltin Globus hamda Emmi mukofotlari sohibi boʻlgan. Bundan tashqari, “Selma” filmi uchun yozgan qoʻshigʻi sababli Oskar mukofotini qoʻlga kiritgan.

Qayd etilishicha, chiptalar tez orada sotuvga chiqariladi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling