Behzod Abduraimov AQShda bir qator konsertlar berdi

E’lon qilingan sana· 1 573
Behzod Abduraimov AQShda bir qator konsertlar berdi

O‘zbekistonlik pianinochi Amerika tomonidan taklif qilingan.

5−7 fevral kunlari The Independent nashri talqiniga ko‘ra, “o‘z avlodining eng iste’dodli pianinochisi” bo‘lgan Behzod Abduraimov AQShning asosiy musiqiy maydonlaridan biri — Vashingtondagi Tramp-Kennedi nomidagi Ijro san’ati markazida debyut konsertlarini namoyish etdi.

Pianinochi AQSh Milliy simfonik orkestri tomonidan taklif qilingan va taniqli dirijyor Janandrea Nozeda qo‘l ostida sahnaga chiqqan. Dasturda allaqachon buyuk pianinochilarning tashrif qog‘oziga aylangan Pyotr Chaykovskiyning № 1 fortepiano konserti yangradi.

Kennedi markazi rasmiy saytida ta’kidlanishicha, konsert keskin qarama-qarshiliklar, dramatizm va badiiy chaqiriqni birlashtirgan. Dmitriy Shostakovichning 8-simfoniyasi — XX asrning eng fojiali va keng ko‘lamli simfonik polotnolaridan biri sifatida kechani yakunlagan. Finalda pianinochi uchun gulduros qarsaklar chalingan.

Kennedi markazi 1971-yil 8-sentyabrda AQShning 35-prezidenti Jon Kennedi xotirasiga bag‘ishlab ochilgan va haqli ravishda Amerika madaniy hayotining ramzi hisoblanadi. Uning raislik kengashiga Donald J. Tramp, AQShning birinchi xonimi Melaniya Tramp, Richard Grenell, Jennifer Fisher, Serjio Gor va Jon Falkonetti kabi shaxslar kiradi.

2026-yilgi Amerika mavsumi Behzod Abduraimov uchun sermazmun kechdi. 6, 7, 8 va 9-yanvar kunlari u Nyu-York filarmoniyasi bilan Linkoln markazida — jahon darajasidagi yana bir muhim sahnada chiqish qildi.

Bundan tashqari, 2026-yil may oyida pianinochining afsonaviy Karnegi-xolldagi konsertlari rejalashtirilgan. Bu Behzod Abduraimovning ushbu tarixiy sahnadagi to‘rtinchi yakkaxon konserti bo‘ladi. Yil davomida AQShning boshqa shaharlarida ham qator chiqishlar bo‘lib o‘tadi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling