Anons
"Enni Morrikone olami" konserti
E’lon qilingan sana: · 129

“Turkiston” san’at saroyida dirijyor Alibek Kabduraxmanov va Oʻzbekiston milliy simfonik orkestri ishtirokida mashhur bastakor Ennio Morrikone musiqalari ijro etiladigan konsert dasturi boʻlib oʻtadi.
Italiyalik bastakor Ennio Morrikone koʻplab mashhur kompozitsiyalar muallifi hisoblanadi. Uning musiqalari kult darajasiga chiqgan filmlar uchun saundtrek sifatida foydalanilgan.Konsertda “The Good, the Bad and the Ugly”, “Once Upon a Time in America”, “The Untouchables”, “Cinema Paradiso” kabi filmlar saundtreklari ijro etiladi.
Chipta narxi: 100 000 soʻmdan 500 000 soʻmgacha.
Murojaat uchun telefon: (+998) 71−235−4440.
