Anons

Candle Fire: Spring

E’lon qilingan sana· 473
Candle Fire: Spring

Temir yoʻl ishchilari madaniyat saroyida “Candle Fire: Spring” konserti boʻlib oʻtadi.

Bravo Orkestri jahon bastakorlarining mashhur asarlari jonli ijrodagi “Candle Fire” konsertini taqdim etadi.

Dasturda millionlab tinglovchilarga tanish boʻlgan taniqli kompozitsiyalar mavjud: Ludoviko Eynaudining “Una Mattina” va “Experience”, Ennio Morrikonening “Chi Mai”, Astor Piazzollaning “Libertango”, Antonio Vivaldining “Yil fasllari”, shuningdek, Frans Shubertning “Serenade” va afsonaviy “Por Una Cabeza” tangosi.

Mehmonlar shuningdek, “Sevgi Istirobi”, “Muhtasham yuz yil”, “Choliqushi” va “Qish Sonatasi” kabi mashhur teleseriallarning musiqalaridan, bundan tashqari, “Perfect”, “Can't Help Falling in Love”, “My Heart Will Go On” va “I Will Always Love You” kabi taniqli qoʻshiqlardan bahramand boʻlishadi.

Chipta narxi: 197 000 soʻmdan 897 000 soʻmgacha.

Murojaat uchun telefon: (+998) 90−005−2646.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling