Candle Fire: Turkish & Cinema Music

Humo Arenada “Candle Fire: Turkish & Cinema Music” konserti boʻlib oʻtadi.
Minglab shamlar yog‘dusi. Xotiramizning bir qismiga allaqachon aylangan kino musiqasi. Dastlabki notalardanoq tanish bo‘lgan ohanglar.
Candle Fire: Turkish & Cinema Music — bu kecha davomida jahon kinosining afsonaviy saundtreklari, turk seriallari va hind filmlari musiqalari yangicha talqinda Bravo orkestri jonli ijrosida yangraydi.
Tomoshabinlarni o‘ziga xos muhit kutmoqda: shamlarning mayin nuri bilan to‘lgan zal va mashhur filmlardan kuylar ijro etiladi — “Gladiator”, “Taksi”, “Cho‘qintirgan ota”, “Qirol sher”, “Interstellar”, “Oppengeymer”, “Karib dengizi qaroqchilari” hamda “Titanik”.
Dasturda alohida o‘rin turk seriallariga berilgan bo‘lib, ular millionlab tomoshabinlar qalbini zabt etgan: “Sevgi iztirobi”, “Muhtasham yuz yil”, “Choliqushi”, “Chukur”, “Ertug‘rul”, “Aliya” kabi seriallar musiqasi ham mavjud.
Albatta, hind kinosining yorqin va hissiyotlarga boy kuylarisiz ham bo‘lmaydi — romantika, drama va chinakam tuyg‘ular bilan yo‘g‘rilgan musiqa yangraydi.
Chipta narxi: 77 000 soʻmdan 1 297 000 soʻmgacha.
Murojaat uchun telefon: (+998) 90−005−2646.
