Jony’ning Toshkentdagi konserti kechiktirildi

Toshkentda 4-aprel kuni o‘tkazilishi rejalashtirilgan Jony’ning konserti boshqa sanaga ko‘chirildi. Bu haqda xonanda o‘zining Instagram sahifasi orqali ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, Minskdagi konsertdan so‘ng san’atkor hali to‘liq tiklanmagan va ovozida muammolar yuzaga kelgan. Shu sababli jamoa chiqish sifatini saqlab qolish va tomoshabinlarga mukammal shou taqdim etish maqsadida konsertni keyinga surishga qaror qilgan. Xonanda muxlislar bilan albatta uchrashishini va sahnaga to‘liq tayyor holatda chiqishini ta’kidlagan.
Koʻchirilgan sana 17-aprel. Tadbir avval rejalashtirilganidek Toshkentdagi Humo Arena’da bo‘lib o‘tadi.
Tashkilotchilar barcha xarid qilingan chiptalar o‘z kuchida qolishini bildirdi. Chipta qaytarish yoki qo‘shimcha ma’lumot olish uchun esa xarid qilingan joyga murojaat qilish yoki ko‘rsatilgan elektron pochta orqali bog‘lanish mumkin: boramiz@gmail.com.