Jahongir Otajonovning konserti kechiktirildi
E’lon qilingan sana: · 296

Humo Arena’da 10-aprel kuni bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan Jahongir Otajonovning konserti boshqa sanaga ko‘chirildi. Bu haqda xonanda o‘zining Instagram sahifasida videomurojaat orqali ma’lum qildi.
Yangilangan sanaga ko‘ra, konsert 5-may kuni o‘tkaziladi. Ta’kidlanishicha, konsertning ko‘chirilishiga barcha chiptalarning to‘liq sotilmaganligi sabab bo‘lgan.