Anons
Bolshoy teatr simfonik orkestrining gala-konserti
E’lon qilingan sana: · 450

Samarqand shahridagi Registon maydonida opera solistlari va Bolshoy teatr simfonik orkestrining gala-konserti bo‘lib o‘tadi.
Konsert Valeriy Gergiyev dirijyorligida, Rossiyaning Bolshoy teatr opera solistlari va simfonik orkestri ishtirokida oʻtkaziladi. Dasturdan rus va jahon opera mumtoz musiqasiga mansub ariyalar, ansambllar va simfonik parchalar o‘rin olgan.
2026-yil Bolshoy teatr uchun yubiley yili hisoblanib, uning tashkil etilganining 250 yilligi nishonlanmoqda. Samarqanddagi chiqish mazkur xalqaro dasturning bir qismi bo‘ladi.
Jonli ijro.
Chipta narxi: 300 000 soʻmdan 1 300 000 soʻmgacha.
