Burak Oʻzchivitning monospektakl sanasi kechiktirildi
E’lon qilingan sana: · 94

Oʻzbekiston Milliy kino san’ati saroyida 2-may kuni turkiyalik aktyor Burak Oʻzchivit ijrosidagi “Istanbulning eng goʻzal qizi” spektakli namoyish etilishi rejalashtirilgan edi. Biroq 1-may kuni spektakl boshqa sanaga ko‘chirildi.
Spektakl 23-may kuni boʻlib oʻtadi. Chiptalarni bu yerdan sotib olish mumkin.
Xarid qilingan chiptalar yangi sana uchun amal qiladi. Chiptalarni sotib olingan joyda qaytarish mumkin.