Candle Fire: Summer

Zahiriddin Muhamman Bobur nomidagi Markaziy ekoparkdagi “Muhabbat oroli"da “Candle Fire: Summer” torli orkestrining konserti bo‘lib o‘tadi. Tomoshabinlar atrofida yuzlab shamlar yoqiladi, ularning iliq nuri suv yuzida aks etib, o‘ziga xos muhit yaratadi.
Kechki dastur klassik asarlardan tortib kino durdonalarigacha bo‘lgan 22 ta kompozitsiyani o‘z ichiga oladi. Har bir kuy sevgi, drama va ehtiros haqida alohida hikoya so‘zlaydi:
• koinot va kosmos musiqasi — Interstellar va Idea 10;
• sevgi qissalari — “Titanik”, “Romeo va Julyetta”, “Shindler ro‘yxati” filmlari mavzulari hamda Astor Piasollaning Oblivion asari;
• neoklassika va klassika — Ludoviko Eynaudining Una Mattina, neoklassik Idea Solas, shuningdek Shopenning “Noktyurn"i va Vivaldining “Shiddatli yoz” asari;
• mashhur seriallar musiqalari — “Choliqushi” va turk dramasi “Zimorodok” seriallari.
Chipta narxi: 257 000 soʻmdan 777 000 soʻmgacha.
Murojaat uchun telefon: (+998) 90−005−2646.
