Tynda Music'dan The Music of Hans Zimmer konserti

O‘zbekiston Milliy kino san’ati saroyida (sobiq “Panorama”) “Tynda Music” jamoasi simfonik orkestr va xor ijrosida bastakor Hans Zimmer musiqalariga bagʻishlangan konsert dasturi boʻlib oʻtadi.
Hans Zimmer — bir qancha mashhur filmlarga atab bastalangan musiqalari bilan tanilgan nemis bastakori. Zimmer kino sanoatidagi eng novator bastakorlardan biri sifatida e’tirof etilgan. Uning asarlari elektron musiqa ohanglari bilan an’anaviy orkestr aranjirovkalarini o‘zida uyg‘unlashtirgani bilan ahamiyatlidir. U yaratgan musiqa sharofati bilan ko‘plab kinokartinalar mashhurlikka erishgan: “Interstellar”, “Qirol Sher”, “Muqaddima”, “Karib dengizi qaroqchilari”, “Sherlok Holms”, “Qora ritsar”.
Jonli musiqa.
Chipta narxi: 230 000 soʻmdan 700 000 soʻmgacha.
Murojaat uchun telefonlar: (+998) 77−297−8888, (+998) 77−287−8888.