TOXI$'ning Toshkentdagi konserti kechiktirildi

E’lon qilingan sana· 128
TOXI$'ning Toshkentdagi konserti kechiktirildi

Rossiyalik reper TOXI$'ning 20-iyun kuni Toshkentda boʻlib oʻtishi rejalashtirilgan konserti 31-oktabrga qoldirildi.

Tashkilotchilar qaror san’atkor va tadbir tashkilotchilariga bog‘liq bo‘lmagan sabablarga ko‘ra qabul qilinganini ma’lum qildi.

Avval sotib olingan barcha chiptalar amal qiladi va avtomatik ravishda yangi sanaga oʻtkaziladi.

Chiptalar bilan bog‘liq savollar bo‘yicha Telegram yoki (+998) 20−004−4404 telefon raqami orqali mijozlarni qo‘llab-quvvatlash xizmatiga murojaat qilishingiz mumkin.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling