Registonda navbatdagi xalqaro yulduz: Jon Lejend konserti bo‘lib o‘tdi

E’lon qilingan sana· 162
Registonda navbatdagi xalqaro yulduz: Jon Lejend konserti bo‘lib o‘tdi

8-iyun kuni Samarqanddagi Registon maydonida Gremmi, Oskar, Toni va Emmi mukofotlari sovrindori, amerikalik xonanda va qo‘shiqlar muallifi Jon Lejend konserti oʻkazildi. Tadbir O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi tomonidan tashkil etildi.

“Registon” majmuasi manzarasida soul, jaz va zamonaviy pop-madaniyatni o‘zida mujassam etgan musiqa jahon san’ati va O‘zbekistonning benazir tarixiy merosi uyg‘unlashgan ajib muhitni yaratildi. Konsert davomida ijrochi o‘zining mashhur qo‘shiqlarini jonli ijro etdi.

  • false
  • false
  • false

Mazkur konsert O‘zbekistonda o‘tkazilayotgan xalqaro madaniy loyihalar qatoridan o‘rin oldi. Registon maydoni avval ham qator xalqaro madaniy tadbirlar va konsertlarga mezbonlik qilgan.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling