Mot

Humo Arena’da rossiyalik xonanda Mot’ning yakkaxon konsert dasturi boʻlib oʻtadi.
Mot — ijodida hip-hop va zamonaviy pop-musiqa unsurlarini mujassamlashtirgan eng mashhur rossiyalik ijrochilardan biridir. Uning kompozitsiyalari ohangdorligi, samimiy matnlari va o‘ziga xos uslubi bilan ajralib turadi, jonli ijrolari esa doimo tomoshabin bilan alohida yaqinlik muhitini yaratadi.
Artist muntazam ravishda konsert zallarini to‘ldiradi va zamonaviy musiqa sahnasining ko‘zga ko‘ringan siymolaridan biri bo‘lib qolmoqda. Uning eng mashhur hitlari orasida millionlab tinglovchilar mehrini allaqachon qozongan “Капкан”, “Сопрано”, “На дне”, “Моряк” va “По буквам” kabi qo‘shiqlari bor.
Chipta narxi: 350 000 soʻmdan 800 000 soʻmgacha.
Murojaat uchun telefon: (+998) 71−207−1071, (+998) 71−207−2072.