Anons
Human House’da Mahlukh albomi taqdimoti bo‘lib o‘tadi
E’lon qilingan sana: · 18

Human House’da Jama Adilov va Tom Hyuning Mahlukh loyihasiga mansub “Do‘stlik” albomi taqdimoti bo‘lib o‘tadi.
Kechada fri-jazz janridagi erkin improvizatsiyalar yangraydi.
Jama Adylov (elektrogitara) Dushanbedan tashrif buyuradigan maxsus mehmon — eksperimental musiqachi Denis Sorokin (Duo Falak) bilan birga sahnaga chiqadi. Sorokin trubada yakkaxon va duet tarzida ijro etadi.
“Do‘stlik” albomi 2024-yilda Human House va Bonum Factum makonlarida yozilgan. Konsert davomida muqovasi Jama Adylov tomonidan qo‘lda chizilgan sketslar bilan bezatilgan diskni xarid qilish mumkin bo‘ladi.
Chipta narxi: 50 000 so‘m. Narxga bir porsiya palov ham kiradi.
.
Jadval
18-iyul
18:30
Toshkent, Ivliev ko‘ch., 43